Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
   
колонка контента во внутренних

Tayanch maktablari –sifatli ta’lim garovi.

  • 21.02.2018, 16:02,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Fan va ta'lim
  •         Maktabda olingan bilim kelajakda erishiladigan muvaffaqiyatlarning mustahkam poydevoridir.

            Ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo`lgan yosh  avlodni yetuk bo`lib yetishishi uchun bugun zamon talablariga  javob beradigan ustozlarning bo`lishini talab qiladi.

            O`qituvchilarning  metod kunlarida ularga muntazam ravishda amaliy-metodik  yordam ko`rsatib borish, pedagogik mahoratni  va  kasbiy malakasini oshirib borish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan  keng foydalangan holda o`qitishning ilg`or uslublarini dars jarayonlariga tatbiq etish, fan o`qituvchilari uchun doimiy harakatdagi o`quv-seminarlar o`tkazish bugunning dolzarb masalasidir.

            Mazkur yo`nalishdagi ishlar  samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2018 yil

    6-yanvarda Xalq ta’limi vazirligining  "Aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablarni tashkil etish haqida”gi buyrug`i qabul qilindi. Unga ko`ra bizning Karmana tumanida ham zamonaviy moddiy-texnika bazaga ega, tadbirkor, tashabbuskor rahbar boshqarayotgan, ijodiy izlanuvchan, zamonaviy metodlardan foydalanayotgan jamoasi mavjud bo`lgan 1-, 2-,5-, 6-,10-,15-,21-,27-,28-umumiy o`rta ta’lim maktablari tanlab olindi.

             "Tayanch maktablar”da o`quv-seminarlarni muntazamligi, natijaviylikka erishish yo`lida Karmana tuman mudir o`rinbosari F.Qo`chqorov va fanlar bo`yicha metodistlar amalga oshirayotgan ishlar tahsinga loyiq.

               Tayanch maktablarda pedagoglarga  qisqa muddatli o`quv-mashg`ulotlari olib boradigan trener-o`qituvchilar, o`quv-mashg`ulot guruhlari va o`quv mashg`ulotlarda ishtirok etadigan fan o`qituvchilari ro`yxati, aniq , tabiiy, gumanitar va filologiya fanlari bo`yicha belgilangan "Tayanch maktablar”da o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish reja-jadvali tasdiqlanib, fevral oyi boshidan boshlab tashkil etildi.

                 Tayanch maktablarni tashkil etishdan ko`zlangan maqsad:

    -tayanch maktablarda malaka oshirish kursidan o`tgan ilg`or tajribali o`qituvchilarni kursda  olgan yangilik  va tajribalari bilan o`zaro fikr almashishlarini tashkil etish;

    -ilg`or ish tajribalarni, yangi pedagogik texnologiyalarni, jumladan yaratilayotgan darsliklar, o`quv metodik adabiyotlarni tayanch maktablarda tajriba-sinovdan o`tkazish;

    -dars mashg`ulotlarida  fanlararo integratsiyani yo`lga qo`yish;

    -sinfdan tashqari to`garak mashg`ulotlarini o`tkazishda o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish;

    -elektron resurslardan foydalangan holda dars ishlanmasini tayyorlash;

    -fanlardan o`quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda multimedia mahsulotlaridan foydalanishning samarali yo`llari;

    -o`quvchilarga fanga xos kompetensiyalarni shakllantirishda  zamonaviy o`quv jarayonini tashkil etish yo`llari;

    -muammoli mavzularni o`quvchilarga yetkazishning samarali usullaridan foydalanish metodikasi;

    -ta’limdagi pedagogic texnologiyalar. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi kabi mavzular asosida fikr almashish va qo`llashdan iborat.

               Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimiga munosib ekanini har kuni isbotlashi zarur”-degan fikrlariga amal qilib, o`z ishimizni ustasi bo`lsak, O`zbekistonni dovrug`ini olamga yoyadigan komil insonlarni yetishtiramiz. Buning uchun bizdan kuchli bilimga ega bo`lish, zamon bilan hamnafas bo`lish talab etiladi.

              Ezgulik yo`lida amalga oshirilgan ishlar albatta o`z samarasini beradi.

     

    Karmana tumanidagi 22-umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quv

    ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Rayima Ochilova 

    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
ASOSIY KO'RSATKICHLAR
Ўлчами: Rangi: Yo'nalishlar:


  • 2012
    16000
  • 2013
    16490
  • 2014
    1560
  • 2015
    16300
  • 2016
    16000
    • 16000
    • 16020
    • 16300
    • 16400
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Karmana tumani, Qo'rg'ontepa 6.
Pochta indeksi: 110100
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 532-32-95
Faks: (0436) 532-32-95
Ishonch raqami: (0436) 532-13-31
E-mail: karmana_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: Norov O.H
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH

  • Bosh sahifa
  • Savol-javob
  • Qayta aolqa