Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
   
колонка контента во внутренних

1 oktabr – "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami

  • 30.09.2017, 16:39,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Ta'lim
  • Karmana tuman xalq ta'lim bo'lim mudiri   Turobov Yusuf Obloqulovichning
    1 oktabr – "O'qituvchi va murabbiylar kuni”
    munosabati bilan soha xodimlariga bayrami
    T A B R I G I

          Qadrli ustozlar, mehri daryo o'qituvchi va murabbiylar!

         Har birimizni qo'limizga qalam berib, alifboni o'rgatgan birinchi o'qituvchimiz siymosini bir umr yodimizdan chiqarmaymiz. Ta'lim-tarbiya jarayonida fidoyilik bilan mehnat qilib, bilim va tarbiya bergan muallimlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Siz, o'qituvchilar ana shunday murakkab va sharafli kasbni tanlaganingizni, bu borada ustoz-murabbiylaringizning ulug' ishlarini davom ettirayotganligingiz qalbimizga bir olam quvonch bag'ishlaydi.
    Ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy "Inson zeb-u-ziynati bilim va odobdir. Ularni shogirdlariga singdirgan ustozlargina chinakkam ustozdir!”, – degan edi. Sizlar buyuk ajdodlarimizning hikmatli so'zlariga amal qilib, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda ularga yuksak insoniylik fazilatlarini singdirishda ibrat ko'rsatayotganligingizni o'zi ham bir jasoratdir.
    Mustaqilligimizning yigirma olti yilligi shukuhi dillarimizga olam-olam quvonch baxsh etib turibdi. Ana shunday qutlug' kunlarda, barchamizning qalbimizga ma'rifat bag'ishlab, bilim va tafakkur olovlarini yoqqan, sharafli va mashaqqatli kasb egalari bo'lgan Siz aziz va mehribon ustozlarni, viloyatimizning barcha ta'lim sohasi fidoyilarini 1-oktabr – "O'qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
    Zero, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "Biz uchun dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bu – farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalash vazifasidir”, – degan ta'rifi, albatta, Siz aziz ustozlarimizning naqadar yuksak sharafga loyiq ekanligingizni anglatadi.
    Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlash lozimki, mustaqil O'zbekistonimizda kelajak avlod vakillarini tarbiyalash va kamolotga yetkazish, ustoz-murabbiylar mehnatini yuksak qadrlash yo'lida olib borilayotgan izchil islohotlar, qabul qilinayotgan muhim dastur va qarorlar, qad rostlayotgan zamonaviy ta'lim muassasalari va keng shart-sharoitlar bugun barchamizni, ayniqsa, ustozlarimizni yangidan yangi marralarga, kuchli va bilimdon shogirdlar tayyorlashga da'vat etmoqda. Ayniqsa, davlat byudjetning 35 foizdan ortiq mablag'i ta'limga yo'naltirilayotgani, buning natijasida O'zbekiston ta'lim maqsadlari uchun ajratilgan mablag'lar bo'yicha dunyo reytingida beshinchi o'rinni egallaganligi qalbimizga hamisha faxr-u iftixor bag'ishlaydi.
    Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan aziz ustozlarimizning mehnatlari munosib baholanib, mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida bir guruh o'qituvchi-murabbiylar mehnati turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangani qalbimizni faxr-iftixor tuyg'ulariga to'ldirishi bilan bir qatorda, yanada g'ayrat va shijoatga chorlaydi.  Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu yuksak davlat mukofotlari bilan samimiy tabriklayman.
    Muhtaram ustozlar!
    Dunyodagi eng sharafli va eng mashaqqatli kasb egasi bo'lgan Siz azizlarni va sizlar orqali tumanimizning barcha ta'lim sohasi fidoyilarini 1-oktabr – "O'qituvchi va murabbiylar kuni” bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog'lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Sharafli kasbingiz ortidan hamisha shogirdlar va el-yurt ardog'ida bo'ling, qadrli ustozlar!
    Bayramingiz muborak bo'lsin!

    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
    Boshqa yangiliklar:
Izoh qoldirish
ASOSIY KO'RSATKICHLAR
Ўлчами: Rangi: Yo'nalishlar:


  • 2012
    16000
  • 2013
    16490
  • 2014
    1560
  • 2015
    16300
  • 2016
    16000
    • 16000
    • 16020
    • 16300
    • 16400
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Karmana tumani, Qo'rg'ontepa 6.
Pochta indeksi: 110100
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 532-32-95
Faks: (0436) 532-32-95
Ishonch raqami: (0436) 532-13-31
E-mail: karmana_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: Norov O.H
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH

  • Bosh sahifa
  • Savol-javob
  • Qayta aolqa