“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

Karmana tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021 yil 18 avgust kuni “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Karmana tuman xalq ta’limi mudiri N.Sodiqova, faxriy ustozlar, maktabning iqtidorli o‘quvchilari hamda maktab jamoasi qatnashdi. Tadbirda tuman XTB mudiri so‘zga chiqib ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar va yutuqlar haqida gapirib, barcha tadbir ishtirokchilarini davlatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga musiqiy asboblar (2 dona rubob, 2 dona tanbur, 2 dona doira, ovoz kuchaytirish apparatlari, sintezator) sovg‘a qilindi. Bundan tashqari 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, 2020-2021 o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining 35 foizdan yuqorisi oliy o‘quv yurtlariga kirib, yuqori natijaga erishganligi sababli 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritgani, matematika fani o‘qituvchisi Muxammadov Elyor Yunusovich malaka test sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritib yuqori natijaga erishganligini inobatga olib esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda maktab o‘qituvchilarining 6 nafariga oliy malaka toifa sertifikati, 26 nafariga 1-malaka toifa sertifikati, 6 nafariga 2-malaka toifa sertifikati tantanali ravishda topshirildi. Besh tashabbus dorirasida erishgan yutuqlari inobatga olinib maktabda tashkil etilgan “Marvarid” raqs to‘garagi rahbari Ashurova Dilbar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 
Bundan tashqari maktab o‘quvchilarining turli tanlovlar hamda musobaqalarda erishgan natijalari haqida gapirdi. Taklif etilgan faxriy ustozlar tomonidan iliq fikrlar bildirildi.Tadbirda maktabning “Marvarid” raqs to‘garagi qizlari chiqishlari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirdan lavhalar

Boshqa yangiliklar

YOPISH