Viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

Viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

Karmana tumani 4-sonli ingliz tiliga ixtisoslashgan Davlat umumta’lim maktabida 2021-yilning 20-oktabr kuni ona tili va adabiyot fan oyligi hamda Davlat tilining 32 yilligi munosabati bilan “Sen millat g‘ururisan, ona tilim!” mavzusida viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi. O‘quv-amaliy seminarida Nargiza Kenjayeva tomonidan 6-sinfda ona tili fanidan “Orttirma nisbat” mavzusida, Shaxzoda Sharipova tomonidan 10-sinfda adabiyot fanidan “Atoyi g‘azallar” mavzusida, Ra’no Ro‘ziyeva tomonidan ona tili fanidan 11-sinfda “Nutqning sofligi va badiiy nutq” mavzusida ochiq darslar, shuningdek 8-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Tursunoy Botirova tomonidan 9-sinfda ona tili fanidan “Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi.  O‘quv-amaliy seminarida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodisti Dilfuza Imomova, tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti hamda tumanlardan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 
Davlat tilining 32 yilligi munosabati bilan maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari tomonidan  “Sen millat g‘ururisan, ona tilim!” mavzusida tadbir mahorat bilan qiziqarli tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminari Navoiy viloyat televedeniyesi orqali tasvirga olindi.                                                      ✅Karmana tuman xalq ta'limi bo'limi axborot xizmati                                                                                                            👉t.me/Karmanatalimyangiliklari

Boshqa yangiliklar

YOPISH