Tuman ichki ishlar bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" uyushtirildi.

Tuman ichki ishlar bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" uyushtirildi.

Karmana tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari ishtirokida 2021 yilning 20 oktabr kuni tuman ichki ishlar bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" uyushtirildi. 

Bitiruvchilarga tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosarlari Isroilov Obid Erkinovich, Abdullayev Sherzod Ismatullayevichlar ushbu soha faoliyati hamda ish jarayonlari bilan tanishtirib, to'liq ma'lumot berdilar.  
Shuningdek, har bir harbiy askarning kundalik faoliyati bo'yicha amalda qilishi kerak bo'lgan ishlari soha xodimlari tomonidan ko'rsatib berildi. Bu o'z navbatida o'quvchilarimizni ushbu kasbga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishiga zamin yaratdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'liq javoblar olishdi.                                                                                                                                               
Maqsad: O'quvchilarimizni Vatanparvarlik ruhida tayyorlash va harbiy soha bo'yicha bilimlarini puxta egallashdan iborat.                                ✅Karmana tuman xalq ta'limi bo'limi axborot xizmati                                                                                                          👉t.me/Karmanatalimyangiliklari

Boshqa yangiliklar

YOPISH