"Innovatsion elektron dars jadvali" mavzusida tuman seminari bo'lib o'tdi.

"Innovatsion elektron dars jadvali" mavzusida tuman seminari bo'lib o'tdi.

2021-yilning 20-oktabr kuni Karmana tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Innovatsion elektron dars jadvali" mavzusida tuman seminari bo'lib o'tdi. Ushbu seminarga tumandagi 31 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarining O'IBDO'lari va informatika fani o'qituvchilari ishtirok etdi. Seminar davomida "Qr code" dasturi yordamida tayyorlangan  "Innovatsion elektron dars jadvali"ning namoyishi bo'lib o'tdi. Ushbu loyiha 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi tomonidan ishlab chiqildi. Loyihaning maqsadi tumanda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish,  bu orqali tumandagi maktablarni  zamonaviy maktablarga aylantirishdan iborat.                                                           
✅Karmana tuman xalq ta'limi bo'limi axborot xizmati                                                                                                            👉t.me/Karmanatalimyangiliklari

Boshqa yangiliklar

YOPISH