Navoiy - Qorako‘l maktab-internatiga tashrif uyushtirildi.

Navoiy - Qorako‘l maktab-internatiga tashrif uyushtirildi.

Karmana tuman Xalq ta’limi bo'limi mudiri N.Sodiqova  boshchiligida tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorlari ishtirokida Navoiy - Qorako‘l maktab-internatiga tashrif uyushtirildi. Ushbu tashrif davomida Navoiy - Qorako‘l maktab-internatida o'quvchi va o'qituvchilar uchun yaratilgan  shart-sharoitlar,  o‘qituvchi va pedagoglarning dars o'tish metodikalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek, tumandagi 31 ta umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirish ko‘rsatkichini qanday qilib ko'tarish mavzusida  Navoiy - Qorako‘l maktab-internati  jamoasi bilan fikr almashish hamda maktab-internati  tajribasini boshqa maktablarda ham ommalashtirish to'g'risida  davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati yakunida o'zaro hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH