HAYAJON, BILIM VA ISHONCh

HAYAJON, BILIM VA ISHONCh

5 iyun sanasi Karmana tumanidagi 31-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Madinabonu Omonova uchun unutilmas kun bo‘lib qoldi. Aynan shu kuni Milliy mas-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va “Zakovat” intellektual klubi tomonidan Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyat jamoalari o‘rtasida “Breyn-ring” o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
 Viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan  80 ga yaqin jamoalar o‘rtasida Madinabonu va bilimdonlardan tarkib topgan “Orzu” jamoasi final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoaning bunday yutuqqa erishishida Madinabonuning tezkorligi, hozirjavobligi va bilimdonligi yordam berdi. 
 Chunonchi, M.Omonova ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida xalq ta’limi tizimida ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan. Uning talabchanligi va o‘z ustida muntazam ishlayotganligi natijasida 31-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ingliz tili fani bo‘yicha samarali natijalarga erishayotgani quvonarli holatdir.

Boshqa yangiliklar

YOPISH