TASHABBUS IMKONIYAT ESHIKLARINI OCHMOQDA

TASHABBUS IMKONIYAT ESHIKLARINI OCHMOQDA

Yoshlar – millatning suyanchi va ertasidir. Ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus esa yoshlarimiz uchun dasturilamal bo‘lib kelayotgani hech shubhasiz. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yurtimizda keng sharoit yaratilgan. Bugungi kunda “5 tashabbus-5 imkoniyat” shiori ostida butun Respublikamiz bo‘ylab tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, loyihalar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tanlov va loyihalar, tadbirlar orqali minglab iqtidorli yoshlar kashf etib kelinmoqda. 

2021-yil 11 iyun kuni Karmana tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoalari ishtirokida “5 tashabbus -  5 imkoniyat” shiori ostida bayram festivali o‘tkazildi. Bayram tadbirlarining 1 yo‘nalishi bo‘yicha tanlov tumandagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilib, bunda 6, 8, 9, 10, 15, 17, 22, 28, 31-maktab jamoalari o‘zaro bellashdilar, ushbu tadbirda jami 154 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.


Bayram tadbirlarining 4 yo‘nalishi bo‘yicha tanlov tumandagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilib, bunda 12, 18, 21, 29, 30-maktab jamoalari o‘zaro bellashdilar, ushbu tadbirda jami 87 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.



 Bayram tadbirlarining 5 yo‘nalishi bo‘yicha tanlov tumandagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilib, bunda 16, 20, 24, 26, 32-maktab jamoalari o‘zaro bellashdilar, ushbu tadbirda jami 128 nafar o‘quvchilar qamrab olindi. Tumandagi maktab jamoalaridan jami 323 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.

O‘quvchilarning o‘z qo‘llari bilan yasagan buyumlari, tikkan mahsulotlari va yaratgan ijod mahsullaridan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.SHamuratov sotib oldi. “Eng yomon mehnat, bu qadrlanmagan mehnat”, deya o‘quvchilar mehnatini ro‘yobga chiqarish yo‘llari to‘g‘risida ularning ustozlariga ko‘rsatma berdi.

Karmana tumanidagi 16-umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchisi Diyora Nazarova o‘z tikuvchilik ishini yo‘lga qo‘yib, kuniga 200 ming so‘mgacha pul ishlab topayotgani to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Maktablarda quyi sinflar kesimida tashkil etilgan qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirlar davomida yaxshi ishtirok etganligi va to‘planganlarda kuchli motivatsiya uyg‘otganligi hisobga olinib, tashabbuskorlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.



Bayram tadbirlarining 3 yo‘nalishi bo‘yicha tanlov 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom etdi.

Tanlov davomida 2,4,14,19,27-maktab jamoalari o‘zaro qizg’in bellashuv olib borishdi. Tanlovda jami 45 nafar o‘quvchilar qamrab olindi. O‘quvchilarning ilgor firlashi, dasturlash sohasidagi yutuqlari va yaratgan dasturiy mahsulotlari bilan tanlov ishtirokchilarida o‘zgacha qiziqish va iliq ta’surot qoldirdi. 

Karmana tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri N.Sodiqova tadbir ishtirokchilarni loyihalarini ko‘rib, ushbu tadbirlarni yanada ko'proq tashkil etib borish orqali  yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
 

Faol qatnashgan maktab jamoasi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri N.Sodiqova tomonidan estalik sovg‘alar  bilan taqdirlandi.
 

Bayram tadbirlarining 2 yo‘nalishi bo‘yicha tanlov tumandagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilib, tadbirni Karmana tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri N.Sodiqova ochib berdi. Tanlovda 1, 3 ,5, 7, 13, 23, 25-maktab jamoalari o‘zaro bellashdilar. Ushbu tanlovda jami 78 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.
 





 Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, yoz mavsumida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni musiqa va san'at, sport, axborot texnologiyalari,  kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kasbga yo‘naltirishdan iborat.

Boshqa yangiliklar

YOPISH