Kamana tumanida maktabni oltin medal bilan tamomlagan o‘quvchilar taqdirlandi

Kamana tumanida maktabni oltin medal bilan tamomlagan o‘quvchilar taqdirlandi

021-yilning 22-iyun kuni Karmana tumani hokimligining katta majlislar zalida  umumta'lim maktablarini a'lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Karmana tumanida 31 ta umumta'lim maktablarining 11-sinfini 1564 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi. Bitiruvchilarning 15 nafari oltin va 1 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Karmana tumani hokimi o'rinbosari Kenjayev Elyor Sattorovich mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganini e'tirof etdi.

Karmana tumani hokimi o'rinbosari Kenjayev Elyor Sattorovich hamda Karmana tuman xalq ta'limi mudiri Sodiqova Nasiba Xalilovnalar ishtirokida 11-sinf bitiruvchi o'g'il-qizlarning keyingi ishlariga omadlartilab oltin va kumush medallar  topshirildi.
Bitiruvchilarga a'lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallar yoshlarning ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi va o‘quvchilarga ota-onalariga tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH