MUDIR VA IJODKORLAR UCHRASHUVI

MUDIR VA IJODKORLAR UCHRASHUVI

2021-yilning 28-iyun kuni erta tongdan Karmana tuman xalq ta'limi bo'limi tashabbusi bilan "Mudir va targ'ibotchilar uchrashuvi" tashkil etilib, tumandagi 31 ta umumta'lum maktablarida o'z faoliyatlarini olib borayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilari ishtirokida Xazora hududida joylashgan Mavlono Orif Deggaroniy qadamjosiga yo'l olishdi.


Manzilga borish jarayonida ham targ'ibotchilarning ijodkorligi va serqirra qalam sohiblari ekanligi ko'zga tashlandi. Jumladan, ijodkorlar jonli ovozda qo'shiqlar aytib, birgalikda ketayotgan hamkasblariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. 



ZIYORAT ULUG' AMAL
Ziyorat qilishning savobligini yaxshi bilamiz. Bemordan hol-ahvol so‘rab, duosini olish jannat yo‘llarida yurgandek xayrli. O'tib ketgan yaqinlarimiz yoki ajdodlarimiz qo'nim topgan maskanlarga ziyorat qilish, saodatdir. Nainki umuman, har qanday ziyorat odoblarini bilish har bir inson uchun foydalidir. Inson ziyoratga borib, o'zini o'nglaydi, dunyoning bir o'tkinchi ekanligini eslaydi, odamzotdan o'zi qilgan yaxshiliklari qolishini anglaydi. To'plangan mol-dunyolar insonga vafo qilmasligi, bu dunyodan ulardan biror narsa olib keta olmasligi, faqatgina insonning xayrli amallari qolishi ziyorat asnosida ko'ngildan o'tadi. Karmana tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri hamda ijodiy-madaniy targ'ibotchilar Mavlono Orif Deggaroniy riyoratgohiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Mavlono Orif Deggaroniy qadamjosini ziyorat qilishib, ulug' avliyo ajdodlarimiz ruhiga tilovat o'qishdi.



Ziyoratdan so'ng ijodkorlar 22-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. 16-22-umumta'lim maktablari birgalikda 5 ta muhim tashabbus doirasida o'quvchilar o'z qo'llari bilan yasagan ko'rgazmalari, jajji qizlar tomonidan ertak qahramonlarining obrazli namoyishi,  o'quvchilar tomonidan zakovat bellashuvi, shumbola qissasidan parcha, pazanda qizlar o'z qo'llari bilan tayyorlagan milliy taomlar hamda ijodiy chiqishlari tashrif buyurganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.





Shundan so‘ng, Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri N.Sodiqovaning 27- iyun- ,,Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarni kuni" munosabati bilan kasb fidoiylarini, targ‘ibotchilarni tabriklab, ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida yuksak marralar  nasib etishini, hamda o‘quvchilarning ijodiy bilim va qobiliyatlarini rivojlantirishda katta kuch-quvvat tiladi.  "Ertangi kun bizniki- marra bizniki" deb nomlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 





Tadbir so'ngida sohada eng faol, izlanuvchan, qalami  o‘tkir ijodkorlar hamda faol  maktab o'quvchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alar topshirildi.




Bir so‘z bilan aytganda bugungi o'tkazilgan tadbir ta’lim tizimida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga qaratildi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH