SOG‘LOM HAYOT SARI 5000 QADAM!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga asosan, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va rag‘batlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 2021-yilning 11-dekabr kuni Karmana tumanidagi 5-DIUMda “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.  Tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri, bo‘lim xodimlari, umumta’lim maktab direktorlari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar sportning voleybol, basketbol, 100 metrga yugirish va boshqa turlari bo‘yicha bellashishdi. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: “Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir”, degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Zero, bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.


ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ