Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi!

Karmana tuman xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Mening huquq va majburiyatlarim» Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.Tanlovga tumanda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari jamoasi ishtirok etishdi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilishga, shuningdek, har bir o‘quvchida davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularni shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, o‘quvchilardla huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat. Tanlov Nizom asosida 3 bosqichda tashkil etildi. «Mening huquq va majburiyatlarim» Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida yuqori ballarga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilari jamoasi tuman g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.
Unga ko‘ra, 1-o‘rinni 14-umumiy o‘rta ta’lim maktab (67 ball), 2- o‘rinni 10- umumiy o‘rta ta’lim maktab (63 ball), 3- o‘rinni 40 ball bilan 27-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoalari egallashdi.
1-o‘rinni egallagan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi viloyat bosqichi yo‘llanmasi sohibiga aylandi.
 

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ